05 noy 19:49
Yangiliklar
Sabirxanga o'zbekistonlik nokautchidan uzoqroq bo'lish tavsiya etildi
Avvalroq professional bokschimiz SHohjahon Ergashev (27-2, 24 KO) va Sabirxan o'rtasida jang o'tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar urchigandi.
"Bu professional boks bo'lsa ham, SHohjahon Ergashevning o'z vaqtida chempionlikka davogarlik qilganini unutmasligimiz kerak. Barchamiz Aslanbek SHimbergenovning meksikalik tajribali professional bokschi bilan jangini eslashimiz kerak. Biz hammamiz SHimbergenov uni engadi deb o'ylagandik, lekin u o'sha kuni nokautga uchradi. Va bu murabbiylar shtabi uchun katta xato bo'ldi - havaskor bokschini deyarli hamma narsani ko'rgan professionalga qarshi ringga olib chiqish.
Agar bu erda ham Torexan kuchli va g'alaba qozonadi desangiz, professional boksdagi vaziyat boshqacha. Tushunaman, Torexan ajoyib istedod, noyob bola, lekin Ergashev oson raqib emas. U chempionlik uchun jang qilgan, yaxshi bokschilarni ham mag'lub etgan. Uning so'zlariga qaramay, bu oson yigit emas. U professional boksdagi ko'p narsalarni ko'rgan inson. Va agar professional boks haqida gapiradigan bo'lsak, men ham Torexanga qarshi Ergashevni afzal ko'raman.
Menimcha, Torexan asta-sekin Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rishi kerak, aksincha, professional boks janglariga, shoularga kirishmasligi lozim. SHunchaki o'z yo'lidan borishi kerak", - dedi murabbiy.
Avvalroq, Toshkentda o'tgan IBA Nomad 16 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Ergashev dekabr oyining boshida Olmaotada Qozog'istonning istalgan raqibi bilan navbatdagi jangini o'tkazish niyatini bildirgandi. SHundan so'ng, Sabirxan liga ijtimoiy tarmoqlarida SHohjahonning chaqirig'iga javob berdi: "Tomosha kerakmi? Men tayyorman". SHu bilan birga, yana bir taniqli qozog'istonlik, Olimpiya chempioni Daniyar Eleusinov ham Ergashevga chaqiruv tashlagan edi.

Fikrlar