05 noy 10:54
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova Chennai Open 1/4 finaliga yo'l oldi
Hindistonning CHennay shahrida WTA 250 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 283,347 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan Polina Kudermetova ortiqcha qiyinchiliksiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'zbekistonning uchinchi raketkasi 1/8 finalda ispaniyalik Oksana Selexmetovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/3, 6/0.
Taqqoslash uchun, Kudermetova ayni paytda dunyoning 93-raketkasi bo'lib turibdi, Selexmetova esa WTA reytingida 122-pog'onadan joy olgan. Roppa-rosa 80 daqiqa davom etgan bahsda vakilamiz 3 ta eys zarbasini amalga oshirib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Oksanada eys zarbalar bo'lmadi. Tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvida ham Kudermetovaning qo'li baland keldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar