01 noy 14:42
Yangiliklar
Tennis
Polina va Mariya Guanchjou turniri chempionlari!
Xitoyning Guanchjou shahri mezbonlik qilayotgan WTA 250 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning juftlik bahslari o'zbekistonlik tennis malikalarining chempionligi bilan yakuniga etdi.
Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova hamkorligi Guangzhou Open turniri juftlik bahslari bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Mamlakatimizning ikkinchi hamda uchinchi raketkalari hal qiluvchi final uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakilalari I-Xsuan CHo va I-Tsen CHo tandemini 7:5, 7:6(1) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 49 daqiqa davom etgan final uchrashuvida Mariya va Polina 5 ta eys zarbasini amalga oshirib, 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarimiz finalga qadar uchta juftlikni taslim etishdi. Mag'lubiyatga uchratilganlar orasida amerikalik tajribali Vinus Uilyams ham bor.



Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar