01 noy 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC oyning eng yaxshi jangini elon qildi
Petr Yan va Merab Dvalishvili o'rtasidagi uchinchi jang UFC'da oyning eng yaxshi bahsi deb topildi.
Bu haqda promoushen matbuot xizmati malum qildi.
Jang 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida o'tgan UFC 333 turnirining ikkinchi asosiy bahsi maqomida bo'lib o'tdi.
Bellashuvda rossiyalik Petr Yan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, UFC'ning eng engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi.
Petr Yan MMA faoliyati davomida 21 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Merab Dvalishvili hisobida esa 21 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar