So’nggi yangiliklar

16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0 09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0 20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0 18:36Ямаль нима учун "Олтин тўп"ни ололмади? “France Football” бош муҳаррири изоҳ берди 0

28 okt 15:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Dvalishvili mag'lubiyatdan so'ng: "Bu mashinani to'xtatib bo'lmaydi"

35 yoshli sobiq UFC engil vazn chempioni Merab Dvalishvili 24 oktyabr kuni Abu-Dabida Pyotr Yan tomonidan ikkinchi bor mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, o'z muxlislariga murojaat qildi.

Bu mag'lubiyat unga chempionlik kamarini qaytarib olish imkonini bermadi.

"Avvalo, Xudoga bergan nematlari uchun rahmat aytmoqchiman va minnatdorman, - deb yozdi Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. - Ikkinchidan, o'z burchagimdagi jamoamga yordam va sadoqatlari uchun rahmat aytmoqchiman. Las-Vegasdagi jamoadoshlarim va sparring-jamoamga minnatdorlik bildiraman, ular meni har doim yanada ko'proq ishlashga undashgan. SHuningdek, Nyu-Yorkdagi jamoamga va Long-Aylenddagi do'stlarimga katta rahmat".

Dvalishvili rossiyalik jangchi bilan o'zaro qarama-qarshilikni 2023 yil mart oyida g'alaba bilan boshlagan edi, ammo o'tgan yilning dekabr oyida unga chempionlikni boy berdi va uchinchi jangda yana mag'lub bo'ldi. Har ikkala besh raundlik jang ham "Kechaning eng yaxshi jangi" mukofotiga sazovor bo'ldi. Ammo Dvalishvili uchinchi jangdagi chiqishi haqida hech qanday izoh bermadi va faqat tez orada oktagonga qaytishga vada berdi.

"UFC`ga yaratilgan imkoniyatlar uchun rahmat. Va oilam, do'stlarim va muxlislarimga alohida tashakkur. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz va sevgingiz men uchun eng muhimi. Eng ko'p sevgan ishimni qilish uchun oktagonga qaytishni intiqlik bilan kutaman. Men sog'lomman, motivaciyaga egaman va tez orada qaytaman. Bu mashina hech qachon buzilmaydi. Tez orada ko'rishguncha", - deya qo'shimcha qildi jangchi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing