28 okt 07:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Yangilangan UFC reytingida Kavana ko'tarildi. Temirovchi?
Abu-Dabida o'tgan raqamli UFC 333 turniri natijalaridan kelib chiqib, tashkilot Meta-reytingida o'zgarishlar kuzatildi.
Afsuski, eng engil vazn toifasining yangilangan reytingida Ramazon Temirov pastladi. Angliyalik Loner Kavanaga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan hamyurtimiz reytingda 7-o'rindan 10-pog'onaga tushib ketdi.

Kavana esa aksincha, bir pog'onaga yuqorilab, 5-o'ringa joylashdi. Qozog'istonli Asu Almabaev o'z o'rnini Kavanaga bo'shatib, o'zi 6-o'ringa tushdi. Asu noyabr oyida Qatar turnirida oktagonga ko'tariladi. Yaponiyalik Kyoji Horiguchi, Amir Albazi va Brendon Moreno yangilangan reytingda bir o'ringa yuqorilashdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar