27 okt 16:07
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Sindarov Clutch Chess turniridagi ishtirokini boshlaydi
AQSHning Sent-Luis shahri mezbonlik qiladigan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri Javohir Sindarov uchun Jahon toji uchun match oldidan so'nggi sinov bo'ladi.
Mukofot jamg'armasi 425 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada to'rt nafar taniqli grossmeyster ishtirok etadi:
Javohir Sindorov
Hikaru Nakamura (AQSH)
Fabiano Karuana (AQSH)
Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston)
27-29 oktyabr kunlari o'tkaziladigan turnirda har bir shaxmatchi 18 tadan rapid partiya o'ynaydi. Vaqt nazorati — 10 daqiqa va har bir yurishga 5 soniya qo'shib beriladi.
Turnirning o'ziga xos jihati — g'alaba uchun beriladigan ochkolar har kuni ortib boradi:
1-kun — 1 ochko
2-kun — 2 ochko
3-kun — 3 ochko
Demak, so'nggi kungi bitta g'alaba birinchi kundagi uchta g'alabaga teng bo'ladi. Bugungi partiyalar bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar