27 okt 09:48
Yangiliklar
Stol tennisi
Toshkentda stol tennisi bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi
Toshkentdagi "Olimpiya shaharchasi"da stol tennisi bo'yicha kattalar o'rtasidagi 29-Osiyo chempionati yakunlandi.
Musobaqada 33 mamlakatdan 235 nafar sportchi qita chempionligi uchun bahs olib bordi.
Bir hafta davom etgan musobaqada Xitoy terma jamoasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida eng yaxshi natijani qayd etdi. Yaponiya 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan ikkinchi, Koreya Respublikasi esa 1 ta kumush va 2 ta bronza bilan uchinchi o'rinni egalladi.
Yakuniy natijalar:
1. Xitoy — 4 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza
2. Yaponiya — 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza
3. Koreya Respublikasi — 1 ta kumush, 2 ta bronza.

Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar