26 okt 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev Prates–Morales jangi haqida fikr bildirdi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev Karlos Prates va Maykl Morales o'rtasidagi jang elon qilinganiga munosabat bildirib, bu bahs haqiqiy davogarni aniqlab berishini aytdi.
Maxachevning so'zlariga ko'ra, avval unga Prates bilan jang qilish taklif qilingan.
"Prates va Morales kim haqiqiy munosib davogar ekanini aniqlaydi. Menimcha, bu qiziqroq. Menga yaqinda men mag'lub etgan jangchiga yutqazgan Prates bilan jang taklif qilishgandi. Agar men uni engganimda, bir yildan beri jang qilmayotgan Morales allaqachon navbatda turgan bo'lardi. Ular o'zaro jang qilsin, shunda haqiqiy davogar kimligini bilib olamiz", deydi Islam.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar