26 okt 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov va Murodjon Ahmadaliev Ramazon Temirovning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Mahmud Muradov va Murodjon Ahmadaliev Ramazon Temirovni mag'lubiyatidan so'ng qo'llab-quvvatlab, unga dalda berdi.
Mahmud Muradov Temirovga murojaat qilib, boshini baland tutishga chaqirdi.
"Ukam, boshingni baland tut. Nasibangda bor narsa sendan hech qaerga ketmaydi. Men senga ishonaman. Hali chempion bo'lasan", — dedi Muradov.
Bokschi Murodjon Ahmadaliev ham Ramazon Temirovni qo'llab-quvvatladi.
"Mag'lubiyat ham, g'alaba ham Allohdan. Inshaalloh, kuchli bo'lib qaytasiz", — deb yozgan bokschi.
Ramazon 24 oktyabr kuni UFC 333 turnirida angliyalik Lone Kavanaga birinchi raundda texnik nokautga uchrab, mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar