26 okt 11:26
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva Guangzhou Openni g'alaba bilan boshladi
O'zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Xitoyda o'tayotgan Guangzhou Open turnirining birinchi davrasida serbiyalik Teodora Kostovichni mag'lub etdi.
Timofeeva WTA reytingida 144-o'rinni egallab turgan raqibiga qarshi bahsda 6:4, 6:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv ikki setda yakunlandi.
SHu tariqa, O'zbekiston vakili turnirning ikkinchi davrasiga yo'l oldi. Mariyaning keyingi raqibi nomi endi malum bo'ladi.
Malumot uchun, 22 yashar hamyurtimiz hozirda jahon reytingining 72-pog'onasida qayd etilgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar