31 okt 16:27
Yangiliklar
Tennis
Kudermetova va Timofeeva Guanchjou turniri finaliga chiqdi
O'zbekistonlik tennischilar Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva Xitoyning Guanchjou shahrida o'tayotgan Guangzhou Open WTA 250 turnirining juftlik bahslarida finalga yo'l oldi.
Yarim finalda vakillarimiz indoneziyalik Janice Tjen va amerikalik Vinus Uilyams juftligini 6:4, 6:7 (8:10), 10:6 hisobida mag'lub etdi.
Tjen juftlik reytingida 38-o'rinda, Uilyams esa 204-o'rinda qayd etilgan.
Finalda Kudermetova va Timofeeva tayvanlik I-Hsuan CHo va Yi-Cen CHo juftligiga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar