29 okt 15:19
Yangiliklar
Tennis
Guangzhou Open. Timofeeva reytingda 405-pog'onada borayotgan 16 yashar qizchaga yutqazdi
O'zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Xitoyda o'tayotgan Guangzhou Open turnirining 1/8 finalida g'alaba qozona turib, alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Vakilamiz ilk davrada serbiyalik Teodora Kostovichni 6/4, 6/1 hisobida mag'lub etgandi. Afsuski, turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Timofeeva nimchorak final uchrashuvida WTA reytingida 405-o'rinni egallab turgan xitoylik 16 yoshli qizaloq San SHinranga 3/6, 6/4, 6/7(3) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, 22 yoshli Mariya Timofeeva ayni paytda dunyoning 72-raketkasi bo'lib turibdi. Ikki soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda Mariya 4 ta, SHinran 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Timofeevada deyarli ikki barobar ko'proq bo'ldi - 9 ga 5. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar