28 okt 10:22
Yangiliklar
Toray Pan Pacific Open Tennis. Rahimova dunyoning 33-raketkasini mag'lub etdi
To'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan o'z ishtirokini boshlagan O'zbekistonning birinchi raketkasi biroz avval yakuniga etgan 1/8 final bahsida dunyoning 33-raketkasi, rossiyalik 33 yoshli Ekaterina Aleksandrovani 6/4, 4/6, 7/6(5) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ikki soatu 53 daqiqa davom etgan dramatik bahsda vakilamiz 1 ta, Aleksandrova 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennis malikasi ham etarlicha qo'shxatoga yo'l qo'ydi - Kamillada 11, Ekaterinada 10 ta. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. 2021 yilda o'tgan ilk bahsda (US Open turniri) ham Rahimova zafar quchgandi.
Kamilla Rahimovaning chorak finaldagi raqibasi ayni daqiqalarda avstraliyalik Maya Joynt hamda ispaniyalik Kristina Buksha o'rtasida davom etayotgan uchrashuvda aniqlanadi.

Fikrlar