20 okt 09:00
Yangiliklar
Tennis
WTA Ningbo Open. Rahimova dunyoning 26-raketkasiga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdi
Xitoyning Ninbo shahri mezbonlik qilayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirdning asosiy to'r bahslari boshlandi.
O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova saralashdagi ikki g'alabasi evaziga asosiy to'r yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Vakilamiz 1/16 finalda dunyoning 26-raketkasi chexiyalik Mariya Bouzkovaga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, 2 soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda tajriba o'z so'zini aytdi - Bouzkova 6/4, 6/4 hisoblarida g'alaba qozonib, nimchorak finalga yo'l oldi. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Eyslar bo'yicha Mariya mutlaq ustunlikka ega bo'ldi 3 ga 0. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi - 3:0.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 69, Mariya Bozukova esa 26-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar