24 okt 13:54
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Dakar-2026: O'zbekiston suzish bahslarida ikki sportchi bilan qatnashadi
1–6 noyabr kunlari Senegal poytaxti Dakarda 2026-yilgi yozgi yoshlar Olimpiya o'yinlari doirasida suzish bo'yicha bahslar o'tkaziladi.
Unda O'zbekiston terma jamoasidan ikki sportchi ishtirok etadi.
Mamlakatimiz sharafini Parizod Abdukarimova va Muhammadismoil Rahmonov himoya qiladi.
Parizod Abdukarimova 50 metrga erkin usul, 50 metr chalqancha va 100 metr chalqancha suzish yo'nalishlarida start oladi.
Muhammadismoil Rahmonov esa 50, 100 va 200 metrga brass usulida suzish bahslarida qatnashadi.

Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar