28 okt 11:03
Yangiliklar
Sindarov Clutch Chess turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi
Bu turnir Javohir uchun hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga qarshi Jahon toji uchun match oldidan so'nggi sinov bo'ladi. Musobaqaning mukofot jamg'armasi 425 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Turnirning ilk kunini Sindarov mag'lubiyatsiz yakunladi. Hamyurtimiz avvaliga hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhani 1,5:0,5 (bir g'alaba va bir durang) hisobida mag'lub etdi. Ikkinchi turda Javohir AQSH vakili Fabiano Karuana bilan har ikki partiyada durangga imzo chekdi. Uchinchi turdan o'rin olgan Javohir Sindarov - Hikaru Nakamura (AQSH) uchrashuvida ham murosa yo'li tanlandi.
SHu tariqa, grossmeysterimiz birinchi kungi bahslarda 3,5 ochko jamg'ardi va turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam Hikaru Nakamura hisobida 4 ochko bor. Fabiano Karuana 2,5 ochko bilan uchinchi, 2 ochkoga ega Rameshbabu Praggnanandha to'rtinchi o'rinni band etgan.
Malumot uchun, turnirda har bir shaxmatchi 18 tadan rapid partiya o'ynaydi. Vaqt nazorati — 10 daqiqa va har bir yurishga 5 soniya qo'shib beriladi.
Turnirning o'ziga xos jihati — g'alaba uchun beriladigan ochkolar har kuni ortib boradi:
1-kun — 1 ochko
2-kun — 2 ochko
3-kun — 3 ochko
Demak, so'nggi kungi bitta g'alaba birinchi kundagi uchta g'alabaga teng bo'ladi.

Fikrlar