27 okt 17:49
Yangiliklar
Tennis
Kudermetova Guanchjoudagi turnirda indoneziyalik tennischiga qarshi kortga chiqdi
O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Xitoyda o'tayotgan Guangzhou Open turnirining 1/16 finalida bahsida ishtirok etdi.
Vakilamiz nimchorak final yo'llanmasi uchun indoneziyalik Janis Tenga qarshi kortga chiqdi.
Saralash bosqichi orqali asosiy to'rga yo'l olgan Kudermetova bor yo'g'i 59 daqiqa davom etgan uchrashuvda bir xil — 2/6, 2/6 hisoblarida mag'lub bo'ldi.
Taqqoslash uchun, 23 yoshli Polina dunyo reytingida 91, 22 yashar Janis esa 47-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar