18 okt 12:42
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova Ningbo Open turnirining asosiy to'riga yo'l oldi
O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Xitoyda o'tayotgan Ningbo Open turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Kudermetova 1/2 final uchrashuvida 11-raqam ostida tasniflangan Tailand vakilasi Mananchaya Savangkaevni ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi — 6:3, 6:4. Saralashning final bahsida esa rossiyalik Anastasiya Zaxarova 6/3, 6/3 hisobida taslim etildi.
Taqqoslash uchun, Polina dunyo reytingida 102, Anastasiya esa 111-o'rinni egallab turibdi. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi bo'ldi va Kudermetova bugungi g'alabasi evaziga tarozining pallasini to'g'rilab qo'ydi - 2:2.
Sakson besh daqiqa davom etgan uchrashuvda vakilamiz 9, raqibasi esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar rossiyalik tennischida bittaga ko'proq bo'ldi - 7 ga 6.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar