10 noy 08:03
Yangiliklar
WTA reytingi yangilandi. Tennis malikalarimizdan biri 25 pog'ona yuqoriladi. Qolganlarichi?
O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova bir pog'onaga pastlab, dunyoning 45-raketkasi bo'lib turibdi. Rahimova o'tgan hafta faoliyatidagi eng yuqori o'rin (WTA 44)ga ko'tarilgan edi. Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva WTA reytingida ikki pog'onaga pastladi, uchinchi raqamli tennis malikamiz Polina Kudermetova esa aksincha, 7 o'ringa ko'tarildi. Sevil Yuldasheva 12, Milana Maslenkova 25 pog'onaga yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Layma Vladson 12, Darya SHubina 4 o'rin pastga sho'ng'idi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Yakuniy WTA turnirida betobligi sababli so'nggi soniyada qatnashmasligi malum bo'lgan qozog'istonlik Elena Ribakina hamon katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Belaruslik Arina Sobolenko ikkinchi, rossiyalik Mirra Andreeva uchinchi o'rinni band etgan.
WTA reytingi. 9 noyabr kungi holat:
1. (1) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 8099 ochko.
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 6485.
3. (3) Mirra Andreeva (Rossiya) - 6306.
4. (5) Koko Goff (AQSH) - 5763.
5. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5760.
6. (6) Elina Svitolina (Ukraina) - 5121.
7. (7) Karolina Muxova (CHexiya) - 4665.
8. (9) Linda Noskova (CHexiya) - 4343.
9. (8) Iga Svyontek (Polsha) - 4188.
10. (10) Marta Kostyuk (Ukraina) - 3910…
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
45 (44). Kamilla Rahimova – 1164
72 (70). Mariya Timofeeva – 952
86 (93). Polina Kudermetova – 852
608 (596). Layma Vladson – 75
916 (928). Sevil Yuldasheva – 27
1309 (1334). Milana Maslenkova – 8
1472 (1468). Darya SHubina – 4

Fikrlar