09 noy 17:55
Yangiliklar
Tramp UFC rahbariga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qilganini hazil deb atadi
Tramp o'z postida UFC'ning yarim o'rta vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Islam Maxachev va SHon-sharaf zali azosi Xabib Nurmagomedovni ham mamuriyati ishiga jalb qilish istagini bildirgandi.
«Rostini aytaman, men shunchaki hazil qilgandim», — deya Trampning so'zlarini keltiradi Reuters.
Tramp Dana Uayt bugun, 9 noyabr kuni Oq uyga tashrif buyurishini malum qildi. Biroq uchrashuv boshqa masalalarga bag'ishlanishini qo'shimcha qildi.
Tramp va Uayt 2000 yillar boshidan buyon do'st. O'shanda Donald Tramp endi shakllanayotgan UFC tashkilotini qo'llab-quvvatlab, 2001 yilda Atlantik-Sitidagi Trump Taj Mahal mehmonxonasini UFC 28 va UFC 30 turnirlari uchun taqdim etgan. Bu davrda AQSHda aralash yakkakurashlarga nisbatan taqiqlar va boykotlar amal qilardi.
Fikrlar