09 noy 14:04
Yangiliklar
Engil atletika, Taekvondo, Olimpiya o'yinlari
Dakarda bugun uch nafar o'zbekistonlik sportchi bahslarga qo'shiladi
IV yoshlar yozgi Olimpiadasining o'ninchi kunida o'zbekistonlik sportchilar taekvondo va engil atletika yo'nalishlarida ishtirok etadi.
Asadbek Samandarov taekvondo bo'yicha −55 kg vazn toifasida 1/8 finalda vetnamlik Truong Nguenga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:10 da boshlanadi.
SHodiyona Rahmonova 19:25 da 400 metrga to'siqlar osha yugurish bo'yicha yarim finalda qatnashadi. Kunning so'nggi bellashuvida esa Parizoda Talabova nayza uloqtirish finalida medallar uchun kurashadi. Final 21:05 ga belgilangan.
Havola :
Manba : Team Uzbekistan
Fikrlar