05 avg 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Octagon League Toshkentdagi keyingi turniri va uning markaziy jangini elon qildi (POSTER)
5 sentyabr kuni "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 91 turniri bo'lib o'tadi.
Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, turnir markaziy jangi hamyurtimiz Asadbek Saidov va Qozog'iston vakili Sayat Abduali o'rtasida kechadi.
Jang engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Aslida, ikki sportchi 1 may kuni jang qilishi kerak edi, biroq Saidovning jarohati bunga halaqit berdi.
Malumot uchun, Asadbek faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'olib bo'lgan. Sayat Abduali hisobida esa 9 ta jangda qo'lga kiritilgan 9 ta g'alaba bor.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar