30 okt 16:41
Yangiliklar
Usman Nurmagomedov rasman erkin agentga aylandi
Boisi, PFL ligasi bilan 90 kunlik eksklyuziv muzokaralar davri tugadi va u rasman erkin agentga aylandi.
O'tgan haftada mag'lubiyatsiz 29 yoshli jangchi Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC 333 turnirida mehmon sifatida ishtirok etdi, bu esa uni dunyoning eng kuchli ligasiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo'ldi. SHu bilan birga, tashkilot rahbari Dana Uayt muxlislarni ushbu tadbirda uning paydo bo'lishiga jiddiy etibor qaratmaslikka chaqirdi.
"Biz hali u bilan muzokaralarni boshlaganimiz yo'q. Va men uning shartnomasi qanday kechayotganini bilmayman. Men bir necha kun oldin aytgan edim: uning shartnomasi tugaganida va muzokaralar olib borish imkoniyati paydo bo'lganida, biz u bilan aloqaga chiqamiz", - dedi Uayt turnirdan keyingi matbuot anjumanida.
Muzokaralar rasman bugundan boshlanishi mumkin, chunki rossiyalikning PFL bilan eksklyuziv muzokaralar davri yakunlandi va u ushbu tashkilot bilan yangi shartnoma imzolamagan ko'rinadi.
Hozirda liganing engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni bo'lgan Usmon Nurmagomedovning so'nggi jangi joriy yilning iyul oyida Nyu-Yorkdagi PFL turnirida bo'lib o'tgan edi. U o'shanda birinchi raundda hech qachon mag'lub bo'lmagan amerikalik Archi Kolganni ajoyib nokautga uchratgan edi.

Fikrlar