30 okt 13:24
Yangiliklar
Jahon chempionatida birinchi bo'lgan bokschilarimiz kutib olindi + FOTOGALEREYA
CHempionlarimiz va delegaciya azolarini O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev, Olimpiada va jahon chempioni Abdumalik Xalokov, bir qator mutasaddilar hamda ko'plab muxlislar Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib oldilar.
Qiziqarli va murosasiz janglarga boy bo'lgan jahon birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza — jami 8 ta medalni qo'lga kiritdi.
Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz yillar davomida mustahkamlab kelayotgan jahonda etakchilik ananasini yoshlarimiz ham munosib davom ettirdi. Yigitlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lib, o'zbek boksining kelajagi ishonchli qo'llarda ekanini yana bir bor namoyon etgan holda, jahonda tengsiz ekanligini isbotlashdi.
Qizlarimiz ham ortda qolishmadi. Ular 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib, terma jamoamizning umumiy natijasiga munosib hissa qo'shishdi.












Fikrlar