29 okt 23:16
Yangiliklar
Rossiya chempionati to'purari O'zbekistonga qarshi o'yinda ishtirok etishdan bosh tortdi
Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari terma jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpindan uni noyabr oyidagi yig'in uchun chaqirmaslikni so'ragan.
SSSR terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Bubnov mazkur holat yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Milliy terma jamoa qanday bo'lishidan qati nazar, u bosh murabbiyning jamoasi hisoblanadi. Boshqa murabbiy kelsa, jamoa ham butunlay o'zgaradi. Men bunday holatlarga duch kelganman.
Har qanday futbolchi, hatto jahon miqyosidagi yulduz ham terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini aytish huquqiga ega. Hech kim uni majburlay olmaydi va bunga haqqi ham yo'q.
Keyinchalik boshqa murabbiy kelib, futbolchi bilan suhbatlashishi va uni qaytishga ko'ndirishi mumkin. Agar futbolchi rozi bo'lsa, yana terma jamoada o'ynaydi", – dedi Bubnov "Komment.SHou" efirida.
Malumot uchun, Glushenkov 2026 yilda Rossiya milliy terma jamoasi safida 6 ta o'yinda ishtirok etib, Namibiyaga qarshi uchrashuvda bitta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Rossiya milliy terma jamoasi noyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Valeriy Karpin shogirdlari 12 noyabr kuni Toshkentda O'zbekistonga, 17 noyabrda esa Krasnodarda Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar