29 okt 19:32
Yangiliklar
Tennis
Guangzhou Open. Kudermetova va Timofeeva juftlikda 1/4 finalga chiqdi
O'zbekiston vakilalari Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva Xitoyda o'tayotgan WTA 250 toifasidagi Guangzhou Open turnirining juftlik bahslarida chorak finalga yo'l oldi.
Nimchorak finalda ular Nikol Fossa Uergo va Elena Pridankina juftligiga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv 6:1, 3:6, 10:6 hisobida Kudermetova va Timofeeva foydasiga yakunlandi.
Hamyurtlarimiz dastlabki setda 6:1 hisobida ustun kelgan bo'lsa, ikkinchi setni 3:6 hisobida boy berdi. Hal qiluvchi super tay-brekda ular 10:6 hisobida g'alaba qozonib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Keyingi bosqichda Kudermetova va Timofeeva Eri Xozumi va Andreya Klepach juftligiga qarshi bahs olib boradi.

Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar