29 okt 22:45
Yangiliklar
Boks/MMA
"Sizni qon kutmoqda". Adesanya UFC’dagi navbatdagi jangi uchun shartnoma imzolaganini elon qildi
Nigeriyalik sobiq UFC chempioni Israel Adesanya ligadagi navbatdagi jangi uchun shartnoma imzolaganini malum qildi.
So'nggi malumotlarga ko'ra, uning raqibi rossiyalik SHara Bullet nomi bilan tanilgan SHarabutdin Magomedov bo'lib, ularning jangi UFC Fight Night 295 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Kechagina shartnoma imzoladik. Nihoyat. Aytadigan gapim shuki, sizlarni "qum" ustida qon kutmoqda. Aytish oson, chunki oxirgi to'rtta jangda mag'lub bo'ldim, lekin hammasi joyida. Qon oktagonda bo'ladi va u meniki bo'lmaydi", - deya Adesanyaning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.
Nigeriyalik jangchining MMA’dagi professional darajadagi rekordi 24 ta g'alaba, shundan 16 tasi nokaut va oltita mag'lubiyatdir.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar