17 okt 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesanya va SHara Bullet jangi noyabrda Qatarda o'tkazilishi mumkin - manba
Israel Adesanya va SHarabutdin Magomedov o'rtasidagi jang 5 dekabr kuni bo'lib o'tmasligi, uchrashuv noyabr oyida Qatarda tashkil etilishi mumkinligi haqida malumot tarqaldi.
Manbaga ko'ra, katta ehtimol bilan 5 dekabrga rejalashtirilgan UFC Riyadh turnirining o'zi ham o'tkazilmaydi.
SHu sababli Adesanya va SHara Bullet laqabi bilan tanilgan Magomedov o'rtasidagi jangni Qatarga ko'chirish rejalashtirilayotgani aytilmoqda.
Hozircha aniq sana malum emas. Jang 21 yoki 28 noyabr kunlaridan birida bo'lib o'tishi mumkin.
Adesanyaning UFC’dagi rekordi 13–6, Magomedovniki esa 6–1 ko'rinishida.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar