So’nggi yangiliklar

16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0 11:30Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:45Айтжан Халмаханов Жаҳон чемпионлиги учун финалда курашади 0 09:48Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионати якунланди 0 09:03Хайме Мунгия барибир Никита Зон билан жанг қиладиган бўлди 0 19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0 17:28Ислам Махачев Пратес–Моралес жанги ҳақида фикр билдирди 0 16:40Осиё Кубоги-2027: Ўзбекистон МТЖ ўйинлари вақти маълум 0

27 okt 15:16
Yangiliklar

Futbol

Oston O'runov yana jarohat oldi

Eronning "Persepolis" klubida to'p tepayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O'runov yana jarohat oldi.

Futbolchi shu sababli "Fulad"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yubordi.

“Varzesh3” nashrining xabar berishicha, O'runov joriy mavsumda ilk bor jarohat bilan bog'liq muammoga duch keldi. O'zbekistonlik futbolchi "Mes SHahribobak"ka qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan, biroq tanaffusda almashtirilgan edi.

O'sha o'yindan keyin "Persepolis" murabbiylar shtabi O'runovning almashtirilishiga mushaklardagi og'riq sabab bo'lganini, futbolchining salomatligi bilan tavakkal qilmaslik uchun shunday qaror qabul qilinganini malum qilgandi. Biroq u keyingi uch kun davomida jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmadi va "Fulad"ga qarshi bahsni ham o'tkazib yubordi.

Nashrning takidlashicha, O'runov so'nggi ikki yarim mavsum davomida jarohatlar sababli bir qator uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan. Bu davrda futbolchi etti marta jarohat olgan.

Hozircha 25 yoshli futbolchining qachon safga qaytishi nomalum. SHuningdek, u noyabr oyidagi FIFA kunlari oldidan "Persepolis"ning qolgan ikki uchrashuvida ishtirok eta oladimi yoki yo'qmi, aniqlik kiritilmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing