27 okt 12:08
Yangiliklar
Jasur Alijonov Ramazon Temirov qaerda xato qilganini aytdi
Uning so'zlariga ko'ra, dastlab jang rejaga muvofiq ketgan, biroq Temirov nokaut qilishga ortiqcha intilgan.
"Boshida hammasi reja bo'yicha ketayotgan edi. Ramazon biroz shoshildi. Biz birinchi raundda sabr qilib kutishimiz va nokaut ortidan quvmasligimiz kerak edi", — dedi Alijonov.
Uning takidlashicha, reja bo'yicha ikkinchi raunddan boshlab bosimni oshirish va ochiqroq jangga kirishish ko'zda tutilgan.
"Lekin raund oxirida Ramazon o'z kuchiga ishonib yubordi va hujumga o'ta boshladi", — deydi murabbiy.
Alijonov o'sha vaziyatda Temirovga masofani saqlashni aytganini ham qayd etdi. Uning fikricha, raqib esa o'z jang rejasini to'liq amalga oshirib, Temirovning zarbasidan qochgan va qarshi hujum bilan javob qaytargan.
Ramazon 24 oktyabr kuni Abu-Dabi mezbonlik qilgan UFC 333 turnirida angliyalik Lone Kavanaga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar