26 okt 19:20
Yangiliklar
Razambek Jamalov tizza jarohati sabab Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi
Uning so'zlariga ko'ra, musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rilgan va bir nechta samarali yig'inlar o'tkazilgan. Biroq hozir asosiy etibor jarohatdan tiklanishga qaratiladi.
"Jahon chempionatidagi ishtirokimni tizzamdagi jarohat sabab qoldirishga to'g'ri keldi. Juda ko'p tayyorlandim, bir nechta samarali yig'inlar o'tkazdim. Ammo hozir tiklanish va kuch to'plash muhim. Keyingi mavsumga yanada yaxshiroq tayyorlanaman", deydi Razambek.
Sportchi uni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga ham minnatdorlik bildirib, bu safar ularni g'alaba bilan xursand qila olmaganidan afsusda ekanini aytdi.
"Aynan shunday sinovlar odamni chiniqtiradi va katta g'alabalarga etaklaydi. Men hali o'z so'zimni aytaman", deb yozgan sportchi.
Sport kurashlari bo'yicha Jahon chempionati Qozog'istonda o'tkazilmoqda. Musobaqada erkin kurash bellashuvlari start olganicha yo'q.


Fikrlar