27 okt 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Xayme Mungiya baribir Nikita Zon bilan jang qiladigan bo'ldi
31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Kingdom Arena'da professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Oqshom doirasida ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, meksikalik Xayme Mungiya Rossiya vakili Nikita Zonga qarshi ringga chiqadi.
Bu Mungiyaning chempion sifatidagi ilk himoya jangi hisoblanadi.
Aslida Mungiya ilk kamar himoya jangini o'zbekistonlik majburiy davogar Bektemir Meliqo'zievga qarshi o'tkazishi kerak edi. WBA 21 sentyabr kuni Mungiya – Meliqo'ziev jangini o'tkazish bo'yicha buyruq bergan va tomonlarga kelishuvga erishish uchun 21 oktabrgacha muddat bergan edi.

Havola :
Manba : DAZN Boxing
Fikrlar