23 okt 16:50
Yangiliklar
Xayme Mungiya Bektemir Meliqo'ziev bilan kelasi yil jang qilmoqchi
Mungiya The Ring nashriga bergan intervyusida Nikita Zon bilan jangni nokaut bilan yakunlashni maqsad qilganini aytdi.
«Yaxshi jang bo'ladi va nokaut ham bo'ladi», — dedi u.
SHu boks oqshomining asosiy jangida Saul «Kanelo» Alvares ikkinchi o'rta vaznda WBC chempioni Kristian Mbilli bilan to'qnashadi. Mungiya ushbu jangda hamyurti Alvaresning nokaut bilan g'alaba qozonishini taxmin qildi.
Avvalroq WBA Xaymega Bektemir Meliqo'zievga qarshi majburiy himoya jangini tayinlagan. Bokschining aytishicha, bu qaror u Ar-Riyoddagi turnirga ancha oldin tayyorgarlik ko'ra boshlagani sabab kutilmagan bo'lgan.
Mungia Meliqo'ziev bilan jang uchun tayyorgarlik rejasini to'liq o'zgartirishiga to'g'ri kelishini takidladi. SHu sabab u o'zbekistonlik bokschiga qarshi majburiy himoyani kelasi yilning birinchi yarmida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar