09 okt 11:35
Yangiliklar
Bektemir Meliko'ziev chempionlik jangidan chetda qoldi(mi?) Xayme Mungiyaning keyingi raqibi va jang sanasi elon qilindi
Biroq DAZN Boxing malumotiga ko'ra, Mungiyaga boshqa raqibga qarshi ixtiyoriy himoya jangi o'tkazishga ruxsat berilgan ko'rinadi. 31 oktyabr kuni Ar-Riyodda o'tkaziladigan boks oqshomida Xayme Mungiya WBA kamarini rossiyalik Nikita Zonga qarshi himoya qiladi. Zon reytingda 9-o'rinda turadi.
Turnirning asosiy jangida esa Saul "Kanelo" Alvares mag'lubiyatsiz Kristian Mbilli bilan WBC kamari uchun ringga chiqadi.
Bektemir Melikuziev WBA reytingida bir yildan ortiq vaqt davomida birinchi o'rinda bo'lib kelayotgani va majburiy davogar maqomiga ega ekaniga qaramay, titul bahsidan yana mosuvo bo'lgandek tasavvur uyg'onmoqda. Sentyabr oyida tashkilot Mungiya va Meliqo'ziev tomonlariga muzokaralarni yakunlash uchun 21 oktyabrga qadar muddat bergan edi. SHunga qaramay, belgilangan muddat yakunlanmasidan Mungiyaga boshqa raqibga qarshi ixtiyoriy himoya jangini o'tkazishga ruxsat berilgani muxlislar va boks jamoatchiligida savollar tug'dirdi.
Oldinroq, Meliqo'ziev Mungiya bilan jangni tashkil etish uchun barcha shartlarga rozi ekanini bildirgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, meksikalik bokschi tomoni unga vaqtincha davogarlik navbatidan chekinish uchun kompensaciya taklif qilgan, biroq u bunga rozi bo'lmagan.
"Sport qoidalari hurmat qilinishi kerak. Men kamar uchun hatto gonorarsiz va WADA testisiz ham jang qilishga tayyorman", — degan edi Meliqo'ziev.
O'zbekistonlik bokschi, shuningdek, agar asosiy masala gonorar bo'lsa, jangni O'zbekistonda o'tkazish va Mungiyaga qo'shimcha haq to'lash taklifini ham bildirgan. Hozircha Mungiya va Meliqo'ziev o'rtasidagi majburiy jang qachon o'tkazilishi nomalum.
Ayrim boks sharhlovchilari WBA qarorini tanqid qilmoqda.

Fikrlar