16 noy 11:09
Yangiliklar
Boks/MMA
WBA Mungiya va Meliqo'ziev o'rtasidagi chempionlik jangi uchun yangi buyruq berdi
Bu haqda Meksikaning Izquierdazo nashri WBA Prezidenti Xilberto Mendozaga tayanib xabar berdi.
"Mungiya va Meliqo'ziev jamoalariga kelishuvga erishish uchun 13 dekabrgacha 30 kun muxlat berilgan. Kelishuv bo'lmasa, jang 60/40 taqsimot bilan kim oshdi savdosiga qo'yilishi mumkin", deyiladi manba xabarida.
Meksikalik Xayme Mungiya hozirda super o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni hisoblanadi. Hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev esa ushbu yo'nalishda kamar uchun majburiy davogar bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : izquierdazo.com
Fikrlar