02 noy 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi raqibi aniq bo'ldi
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev Dubaydagi boks oqshomida jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Bokschimiz 6 noyabr kuni "Muka Boxing" kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomida ringga ko'tariladi.
O'sha kuni hamyurtimizga tojikistonlik Karomatullo SHaripov raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Bektemir shu kungacha prof boksda 18 ta jang o'tkazib, ularning 17 tasida g'alaba qozongan. SHaripov esa 8 ta jang o'tkazib, ularning 4 tasida g'alaba qozongan, 3 ta jangda mag'lub bo'lgan. 1 ta jangda esa durang qayd etgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar