02 noy 10:06
Yangiliklar
Erkin kurashchilarimiz Jahon chempionatini medalsiz yakunlashdi
Eng yaxshi natijamiz G'ulomjon Abdullaevga tegishli bo'ldi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida mag'lubiyatga uchradi. Qolgan erkin kurashchilarimiz birinchi yoki ikkinchi bosqichlarda raqiblariga yutqazishdi. Ayollar kurashi jamoamizda ham ahvol shunday.
Osiyo o'yinlarida ikkita bellashuv o'tkazib, har ikkisida yutqagan Razambek Jamalov jarohat va uning ketidan kelgan jarrohlik amaliyotlardan keyin hali o'ziga kela olmayapti. SHu sabab u jahon chempionatida ham ishtirok etmadi. -74 kg vazndagi Olimpiada chempionimizning o'rnini Javohir CHo'liboev egalladi.
Jahon chempionatida qatnashgan erkin kurashchilarimiz:
-57 kg: Asadbek Saidto'raev
-61 kg: G'ulomjon Abdullaev
-65 kg: Mashrabjon Uzoqov
-70 kg: SHahzodbek Yarashev
-74 kg:Javohir CHo'liboev
-79 kg: Mirzo Hayitov
-86 kg: Bobur Islomov
-97 kg: Boymurod Azimov
-125 kg: Sardorbek Xolmatov.
Qo'shnilarimiz ushbu dunyo birinchiligida sovrindorlar safidan joy olgani, Olimpiadaga ikki yildan kamroq vaqt qolganini inobatga olsak, bu o'ylashga arzigulik holat. Murabbiylar shtabini balki ko'rib chiqish kerakdir.
Yunon-rum kurashi terma jamoamizda bu borada muammo yo'q. Rustam Assakalov ajoyib jamoa shakllantirmoqda. Klassiklarimiz Ostonadagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishdi.

Fikrlar