01 noy 20:04
Yangiliklar
Usik xayrlashuv jangida kim bilan to'qnash kelmoqchi ekani aytildi
Uning aytishicha, Usik 2027 yilda birinchi og'ir vazn toifasiga qaytib, ushbu divizionda WBA va WBO kamarlari sohibi bo'lgan Devid Benavides bilan jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Benavides birinchi og'ir vaznda (90,7 kg gacha) chempionlik kamarlariga ega.
"Aleksandr 2027 yilda birinchi og'ir vaznga qaytib, yana mutlaq jahon chempioni bo'lishni rejalashtirmoqda. Dastlab bo'sh turgan jahon chempionlik kamari uchun jang o'tkazish variantini ko'rib chiqyapmiz. Keyingi maqsadimiz — barcha kamarlarni birlashtirish va birinchi og'ir vaznda mutlaq chempionga aylanish uchun Devid Benavides bilan to'qnash kelish.
2027 yilni uning faoliyatidagi so'nggi bob sifatida ko'ryapmiz. U ilk bor barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan vazn toifasida mutlaq chempion maqomida faoliyatini yakunlashni xohlaydi.
Bu rejani amalga oshirish uchun puxta yondashuv zarur. Birinchi jang — jahon chempionlik kamari uchun, ikkinchisi esa mutlaq chempionlik unvoni uchun bo'ladi.
Usik hech qachon tabiatan og'ir vaznli bokschi bo'lmagan. Birinchi og'ir vazn — uning haqiqiy uyi. U qiyin sinovlarni yaxshi ko'radi. SHuning uchun yuqori vaznga ko'tarildi, superog'ir vaznni o'z hukmi ostiga oldi va endi tartibni qayta tiklash uchun o'z uyiga qaytmoqda", — deya Lapinning so'zlarini keltiradi talkSPORT portali.
Fikrlar