01 noy 16:11
Yangiliklar
Velosport
O'zbekiston velosportchilari Ostonada 2 ta medal qo'lga kiritishdi
Qozog'iston poytaxti Ostonada o'tayotgan "Astana Open Series" xalqaro reyting turnirida O'zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta medalga sazovor bo'ldi.
Medison yo'nalishida Samira Ismoilova va Asal Rizaeva juftligi 3-o'rinni egalladi.
O'zbekiston dueti poyga davomida uzoq vaqt etakchilikni saqlab bordi. Marraga 2 aylanish qolganida Asal Rizaeva yiqilib tushganiga qaramay, musobaqani davom ettirdi va juftlik bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ochkolar bo'yicha guruh poygasida esa Samira Ismoilova kumush medalga sazovor bo'ldi. Asal Rizaeva ushbu yo'nalishda 4-natijani qayd etdi.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar