09 okt 09:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Asu Almabaevning murabbiyi UFC kamari sobiq davogariga qarshi jang uchun tayyorgarlik rejasini oshkor qildi
"DAR Team" jamoasi bosh murabbiyi Eduard Bazrov Asu Almabaevning yaponiyalik Kyodzi Xoriguchiga qarshi bo'lajak jangiga tayyorgarlik qanday o'tayotgani haqida so'zlab berdi.
— Kecha Asu Olma-otadagi bazamizda tog' sharoitidagi ilk tayyorgarlikni boshladi. Tayyorgarlik 21 kun davom etadi. Bu bizning ikkinchi yig'inimiz. Birinchisi Osetiyada bo'lib o'tgandi. Keyin oy oxirida biz jang o'tkaziladigan joyga — Qatarga uchib ketamiz va u erda 23 kun bo'lamiz. Bu moslashish, yuklamalar, tayyorgarlikni yakunlash va vazn tashlash jarayoni bo'ladi, — dedi murabbiy.
Almabaev — Xoriguchi jangi 21 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tadigan "UFC Qatar" turniri doirasida o'tkaziladi. SHou Ar-Rayyandagi "Ali Bin Hamad Al Attiyah" arenasida bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar