23 noy 13:13
Yangiliklar
Asu Almabaev mag'lubiyatdan keyin: "G'olib bo'ldim, deb o'ylagandim"
"Men uchun muxlislik qilgan, meni deb qayg'urgan va duo qilgan barcha birodarlarimizga katta rahmat. Menga ham oson emas. SHuncha jang o'tkazdim, oylab tinimsiz mashq qildim, ter to'kdim — endi titulga bir qadam qolganda to'xtab qoldim. Bu har qanday sportchi uchun og'ir zarba. Hayotda menga hech narsa osonlikcha berilmaydi, bu maqsad ham bundan mustasno bo'lmaydi. Ko'p jihatlar ustida ishlashim kerak. Hozir o'zimni oqlashdan mano yo'q.
Meni boshqa narsa hayron qoldiradi: ayrim birodarlarimiz mag'lubiyatimdan foydalanib, o'z nomini chiqarishga urinyapti. "Birovning baxtsizligi ustiga o'z baxtingni qurib bo'lmaydi", degan gap bor. Agar shunchalik kuchli bo'lsangiz, bu erga keling, Top-5, Top-10 yoki Top-20gacha ko'tarilib, o'zingizni ko'rsating. Birovning mag'lubiyati hisobiga shuhrat qozonish juda uyatli.
Jangim uchun o'zimni oqlayotganim yo'q. G'olib bo'ldim, deb o'ylagandim. Har raunddan keyin burchagimdagilar menga: "Sen yutib turibsan", deyishardi. G'alaba Xoriguchiga berilganini elon qilishganda, u ham hayron bo'lganini o'zingiz ko'rdingiz. Hozir maqtovdan qanot chiqarib, og'ir gaplardan ruhi tushadigan odam emasman. Buni umuman aytyapman. Har qanday sharoitda ham birdam va ahil bo'lib qolaylik. Bir-birimizni qo'llab-quvvatlaylik. Erkakning yo'li, jangchining yo'li shu: bugun mag'lubiyat, ertaga g'alaba. Bunday bo'lib turadi", deya o'z fikrini bildirgan Almabaev.
Fikrlar