23 noy 11:40
Yangiliklar
Toshkent Jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazdi
"Olimpiya shaharchasi"da tashkil etilgan musobaqaning dastlabki uch kuni yakkalik, so'nggi kuni esa aralash jamoaviy bahslarda g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Aralash jamoaviy bahslarda dunyoning 16 davlat terma jamoasi jahon chempionati medallari uchun kurashdi. Yakunda Yaponiya terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi. Rossiya kumush, Braziliya va Franciya terma jamoalari bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Tantanali taqdirlash marosimida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Bosh referi direktori Armen Bagdasarov, Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA) prezidenti Obayd Al-Anzi, Xalqaro dzyudo federaciyasi Ijroqo'm azosi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi.
Kattalar o'rtasidagi jahon chempionati g'olib va sovrindorlari ham qatnashgan Toshkentdagi yoshlar ishtirokidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan 78 davlat orasida 5-o'rinni egalladi.
So'nggi deyarli bir hafta davomida dunyo dzyudo poytaxtiga aylangan Toshkent ertadan o'smirlar o'rtasidagi Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 turniriga mezbonlik qiladi. Demak, katta dzyudo bayrami davom etadi.







Fikrlar