22 noy 09:59
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Jahon chempionatining aralash jamoaviy bellashuvlar o'tkaziladi. O'zbekistonda jiddiy raqib!
Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kuni aralash jamoaviy musobaqa guvohiga aylanamiz.
Olimpiya shaharchasida soat 11:00da start oladigan bugungi bahslarda dunyoning 16 davlat terma jamoasi jahon chempionati medallari uchun kurashga kirishadi.
Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 1/8 final bosqichida braziliyalik dzyudochilarga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juftlik g'olibi 1/4 finalda Germaniya - Qirg'iz Respublikasi qarama-qarshiligida zafar quchgan jamoaga qarshi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizga bugungi murosasiz kechishi kutilayotgan bellashuvlarda g'alaba va omad yor bo'lsin. Barcha dzyudo muxlislarini poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da kutib qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar