21 noy 13:00
Yangiliklar
Sambochilarimiz SHHT Ochiq turnirini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashdi
Musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi sambochilari 7 ta medal qo'lga kiritishdi.
Vakillarimiz musobaqani 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Sovrindorlarimiz ro'yxati:
Oltin:
-64 kg: Sardor Olimjonov
-72 kg: Muxlisa Turdieva
-71 kg: SHarif Kushaev (jangovar sambo)
-88 kg: Mirzatilla Egamnazarov (jangovar sambo)
Kumush:
-98 kg: SHohjahon G'olibov
Bronza:
-79 kg: Muhammadyusuf Yusufjonov
-54 kg: SHohida Xonto'raeva
Bu natija orqali sambochilarimiz 10 ta mamlakat ichida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida O'zbekiston sport delegaciyasining mazkur musobaqadagi rahbari, O'zbekiston sport akademiyasi rektori Ilhom Tursunaliev, O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov ishtirok etdi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar