21 noy 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua Taysonni nokautga uchratishga vada berdi
Britaniyalik sobiq jahon chempioni, prof boks ustasi Entoni Joshua hamyurti, WBC yo'nalishining uzoq yillik sobiq chempioni Tayson Fyuriga qarshi bo'lajak jangda nokaut orqali g'alaba qozonishini aytdi.
Entoni Taysonni sakkizinchi raundda nokautga uchratishga vada berdi:
«Men nokautlar bo'yicha mutaxassisman. Uni sakkizinchi raundda nokautga uchrataman. Albatta, buni dastlabki 30 soniyadayoq qilmasam. Bu — sof raqobat va g'alabaga shay pitbulning jangovor ruhi. Ringga aynan shunday g'ayrat bilan chiqamiz», dedi Joshua The Sun nashriga bergan intervyusida.
Bokschilar o'rtasidagi bellashuv 11 dekabr kuni Kardiffdagi o'z bag'riga 70 ming tomoshabinni sig'dira oladigan "Prinsipaliti" stadionida bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar