13 noy 12:11
Yangiliklar
Ramazon Temirov vaznidagi chempionlik jangini kim sug'urtalashi malum bo'ldi
Ushbu chempionlik jangi 30 yanvar kuni Kanadaning Toronto shahrida o'tkaziladigan UFC 336 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi. UFC’ning eng engil vazn toifasi Meta-reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Brendon Royval Joshua Van - Manel Kape chempionlik jangini rasman sug'urta qiladi. Jangchilardan biri jarohat olsa yoki boshqa sabab bilan safdan chiqsa, uning o'rnini aynan Royval egallaydi. U ham ikki jangchi singari rasmiy tarozidan o'tish marosimida ishtirok etadi.
Malumot uchun, Brendon Royval o'tgan yili ikki marta mag'lubiyatga uchragan va etiborlisi, ikkala jangda ham bo'lajak chempionlik jangi ishtirokchilariga engilgan. Davogarlik jangida Joshua Vanga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgan bo'lsa, Manel Kapega birinchi raunddayoq nokaut evaziga imkoniyatni boy bergan.
Iyul oyida esa 34 yoshli amerikalik Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 329 turniri doirasidagi jangning uchinchi raundida Lone Kavanani ortdan bo'g'ish orqali taslim etib, faoliyatini muvaffaqiyatli yo'lga qaytargandi. Kavana UFC 333 turnirida hamyurtimiz Ramazon Temirovni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar