13 noy 09:36
Yangiliklar
UFC 334 to'liq kardi tasdiqlandi: Siril Gan – Josh Xokit, Kayla Xarrison – Amanda Nunes
Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda divizion chempioni franciyalik Siril Gan amerikalik davogar Josh Xokitga qarshi oktagonga ko'tariladi. Gann UFC Freedom 250 turnirida braziliyalik Aleks Pereyrani mag'lub etganidan so'ng ushbu kamarning to'laqonli egasiga aylangandi.
Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi ayollar UFC engil vazn toifasi chempioni Kayla Xarrison hamda ushbu kamarning sobiq sohibasi braziliyalik Amanda Nunes o'rtasida kechadi. Aslida ushbu jang shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan UFC 324 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo o'shanda Xarrison umurtqa pog'onasidagi churrak sabab safdan chiqqandi.
UFC 334 turnirining to'liq kardi
Og'ir vazn: Siril Gan (chempion) – Josh Xokit
Ayollar engil vazn: Kayla Xarrison (chempion) – Amanda Nunes
O'rta vazn: Kayo Borralo (# 5) – Yusri Belgarui
Yarim o'rta vazn: Urosh Medich (# 12) – Kevin Xolland (# 15)
O'ta engil vazn: Bilal Xasan – Luis Gurule
Yarim o'rta vazn: Stiven Tompson – CHarli Radtke
Engil vazn: Dryu Dober – Kris Dankan
Engil vazn: Jim Miller – Terrens Makkinni
O'rta vazn: Donte Jonson – Sezar Almeyda
Engil vazn: Jared Gordon – Melkizael Kosta
Ayollar engil vazn: Meysi CHiasson (# 9) – Bia Meskita (# 11)
Eng engil vazn: Alaten Xeyli – Xuan Dias
Engil vazn: Evan Elder – Samuel Sanches

Fikrlar