13 noy 07:32
Yangiliklar
Dana Uayt Dvalishvili va Nurmagomedovni qoraladi: "Ahmoqlar!"
"Qanday ahmoqlar!", - dedi u UFC 334 turniri oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida. - Bu kulgili va ahmoqona ish bo'ldi va ular hammasi qamoqqa tushishdi. Bunday harakatlar uchun mutlaqo noto'g'ri joyni tanlashibdi".
Uayt, shuningdek, ular Usman Nurmagomedov bilan muzokaralar olib bormaganliklarini va rossiyalikka shartnoma taklif qilishga urinmaganliklarini aytdi. "U hali ham PFL`da shartnoma asosida, - dedi UFC rahbari. - Bizda har qanday holatda ham hozirda hech qanday muzokaralar bo'lmagan".
Eslatib o'tamiz, Usman Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o'rtasidagi janjalning iyul oyiga to'g'ri keladi. Avvaliga Merab Gruziyadagi RAF turnirida dog'istonlik sportchiga tarsaki tushirgandi. Abu-Dabidagi RAF turniri oldidan esa Nurmagomedov do'stining haqqini qoldirmadi va javob tarsaki bilan hisobni tenshlashtirib qo'ydi.

Fikrlar