12 noy 18:34
Yangiliklar
Futbol
Rossiya nashri RPLda o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi
Rossiyaning "CHempionat" nashri O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan Rossiya chempionatida to'p tepgan eng yaxshi o'zbekistonlik futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Nashr jurnalisti Georgiy Ilyushenko tayyorlagan materialda turli yillarda Rossiya Premer-ligasida faoliyat yuritgan 11 nafar futbolchi tanlab olingan.
Ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Evgeniy Safonov
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Andrey Rezancev, Rustam Ashurmatov, Andrey Fyodorov;
Yarim himoyachilar: Vadim Afonin, Odil Ahmedov, Mirjalol Qosimov, Abbosbek Fayzullaev, Sergey Lushchan
Hujumchi: Eldor SHomurodov
Malumot uchun, O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 12 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

Havola :
Fikrlar